O‘zbekistonda yevro kursi keskin pasaydi

O‘tgan haftada yevro kursi 2,52 so‘mga ko‘payib, 10 039,70 so‘mga yetgandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Markaziy bank 3-apreldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 13,94 so‘mga tushdi va 8 100,92 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 63,42 so‘mga pasayib, 9 976,28 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 54 tiyinga arzonlashdi va 141,67 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.