TOShKENT, 2 apr — Sputnik.Rossiya va O‘zbekiston orasida imzolangan tinch atom shartnomasi 1-apreldan boshlab kuchga kirdi, deb xabar qilmoqda Rossiya huquqiy hujjatlar rasmiy portali.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil oxirida “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonovlar tomonidan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.
Ushbu shartnoma O‘zbekiston va Rossiya orasida tinch atom sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun huquqiy asos yaratadi.
Tinch atom shartnomasi O‘zbekiston milliy atom infratuzilmasi yaratish, atom energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlash, AES qurish, ilmiy reaktorlar qurish va ularga butun umri davomida texnik xizmat ko‘rsatib turishni o‘z ichiga olgan.
Shuningdek, ushbu shartnoma doirasida uran konlarini razvedka qilish, O‘zbekiston mineral xom-ashyo bazasini o‘rganish, uran qoldiqlari bor konlarni qayta ishlashni boshlash, radioaktiv izotoplar ishlab chiqarish va ulardan sanoat, meditsina, qishloq xo‘jaligi va ilmiy izlanishlarda foydalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Shartnoma muayan loyihalarni va ilmiy izlanishni amalga oshirish uchun ishchi guruhlar yaratish, ekspertlar almashuvi, seminar va simpoziumlar o‘tkazishni ham nazarda tutadi.