Lavrov "diplomatik urushlar" qay darajada chuqurlashishi mumkinligini aytdi

"Kim birinchi boshlagan bo‘lsa, o‘sha birinchi bo‘lib to‘xtashi lozim, biz bolalar o‘yinini o‘ynayotgandek bo‘lishni xohlamayman, ammo bizning sheriklar aynan shu ish bilan shug‘ullanmoqda", - deb ta’kidladi "Skripal ishi" bo‘yicha matbuot-anjumanida Lavrov
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, "Skripal ishi" tufayli G‘arb bilan bo‘layotgan diplomatik urushlarga izoh berar ekan, ular qay darajada chuqur tus olishi Moskvaga bog‘liq emasligini ta’kidladi.

"Skripal ishi"da zaharlangan grechka versiyasi paydo bo‘ldi
"Diplomatiyada javob qaytarish tamoyili bor, uni hech kim bekor qilgan emas, va bu tamoyil izchillik bilan qo‘llaniladi. Agar avval bolalikda gapirilganidek kabi gapiradigan bo‘lsak, — kim birinchi bo‘lib boshlagan bo‘lsa, o‘sha to‘xtashi kerak. Biz bolalar o‘yinini o‘ynayotgandek singari ish tutishni xohlamaymiz, ammo hozircha bizning sheriklar aynan shu ish bilan shug‘ullanmoqda", — dedi Lavrov bangladeshlik hamkasbi bilan o‘tkazgan uchrashuvi yakunida o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb o‘ylab topilgan bahonalar bilan rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi va bu bilan dialog uchun imkoniyatni qisqartirdi.

Manfaatli tomonlar

Rossiya Tashqi ishlar mahkamasi rahbari, "Skripal ishida" kimning manfaati borligi borasida ham to‘xtalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘ldirish litsenziyasi bilan harakat qilish imkoniyati bilan mashhur britaniyalik maxsus xizmatlar hamda Brexit omadsizliklaridan saylovchilar e’tiborini chalg‘itish maqsadida bo‘lgan hukumat  uchun koni foyda bo‘lishi mumkin.

Vazir "Skripal ishi" bo‘yicha ekspertlar qatorida ko‘plab davlat rahbarlari tomonidan berilayotgan bir qator savollar borligini ta’kidladi. "Britaniyalik hamkasblar o‘yinni chuqurlashtirib yubordi va endi ular javobdan qochib ketolmaydi", — dedi Lavrov.

Rossiya TIV rahbari Rossiya nomiga ayblovlar saylovlar oldidan va futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida paydo bo‘lganiga e’ibor qaratdi. Vazir navbatdagi bor Rossiyaning ushbu jinoyatni sodir etishga hech qanday asosi bo‘lmaganini qat’iy ta’kidladi.

"Bu inson bir necha yil avval Rossiya vakillariga almashuv doirasida avf etilgan edi. Agar bu odamga qandaydir e’tiroz bo‘lganida, u almashtirilmas edi", — dedi Lavrov.

Bundan tashqari, Rossiya TIV rahbari Britaniya Rossiyani hech qanday dalillarsiz, kimoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha konvensiyada nazarda tutilgan jarayonlarni bajarmay aybdor qilganini ta’kidlab o‘tdi.

Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum e’lon qildi
"Hujjatga ko‘ra, har qanday boshqa davlatga nisbatan shubha-gumoni bo‘lgan davlat o‘sha davlatga murojaat qilishga to‘liq haqli va hatto bu uning burchi. O‘sha davlat esa ko‘pi bilan o‘n kun ichida to‘laqonli javob qaytarmog‘i shart. Agar murojaat qilayotgan davlar bu javoblarni yetarli deb topmasa, u KQTT ijroiya kengashining navbatdan tashqari sessiyasini chaqirishga haqli. Konvensiyada bir qator shartlar belgilab qo‘yilgan", — deb hikoya qildi Ravrov dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Ammo Lavroning ta’kidiga ko‘ra, London ushbu jarayonlarni bajarmay turib, Rossiya nomiga ayblovlarni ilgari surdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Britaniya uchun "qonun yozilmagani"ni isbotlab bermoqda.

Lavrov Rossiya zaharlanish bo‘yicha barcha tafsilotlarni aniqlashtirishda qat’iy turishini ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Moskvaning Skripallar bo‘yicha Londonga qilgan barcha murojaatlari yoki rad etilmoqda yoki javobsiz qolmoqda. Lavrovga ko‘ra, agar Britaniya bo‘lib o‘tishi kutilayotgan KQTT Ijroiya qo‘mitasi kengashida "Skripal ishi" bo‘yicha Rossiyaning savollariga javob bera olmasa, bu hodisa boshdan oxirigacha fitna bo‘lganligini anglatadi.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4-mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini ta’kidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qat’iy inkor etib kelmoqda.

O‘tgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Ukraina va ba’zi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qo‘lladi.