Bishkekda ish tashlash e’lon qilgan haydovchilar o‘z shartlarini ilgari surishdi

Ayni vaqtda Bishkek aholisi bekatlarda transport kutib ko‘p turib qolishayotgani ma’lum. Avtobus va trolleybuslarda tiqilinchlik holatlari kuzatilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Bishkekdagi mikroavtobus marshrutkalari haydovchilari majburiy sug‘urta polislarini sotib olishdan bosh tortib, ish tashlash e’lon qildilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston poytaxt hokimligi qoshidagi shahar Transport boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Nurlan Atakanovdan olingan ma’lumot asosida.

"Nechta mashina marshrut reyslariga chiqmagan, hozircha bilmaymiz. Hozir buni aniqlash bilan shug‘ullanayapmiz", — degan Atakanov.

Bu vaqt oralig‘ida nashrning WhatsApp- va Telegram-kanallariga shahar aholisidan shikoyat kelib tushayotgani ma’lum qilinmoqda.

Qirg‘izistonda endi inqiloblar bo‘lmaydi, dedi Atambayev
Odamlar bekatlarda uzoq vaqtlab turib qolayotgani, avtobus va trolleysbuslar odamlarga to‘laligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 1-aprelidan Qirg‘izistonda YHQlariga kiritilgan tuzatishlar qonuniy kuchga kirgan. Tuzatishlarga ko‘ra, yo‘lovchilarni yoki xavfli yuklarni sug‘urta polisisiz tashiydigan transport haydovchilari 500 som miqdorida jarimaga tortiladi.

Mamlakatda majburiy sug‘urta 2008-yilda joriy etilgan bo‘lib, ammo buni inkor etganlarga nisbatan ma’muriy choralar nazarda tutilmagan edi.

Bir yo‘lovchi joyining sug‘urtasi marshrut kattaligiga qarab 135 yoki 204 (taxminan 1 yoki 3 dollar) somga tushadi

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2-aprel holatiga kelib Bishkek shahri marshrut avtobuslarisiz qolganligi xabar qilinmoqda.

Haydovchilar hukumatga quyidagi talablarni qo‘ymoqda:

Birinchidan: sug‘urtani yo‘qligi uchun jarima kiritilishi tartibini kechiktirish. Ikkinchidan ular yagona formani kiyishdan bosh tortishmoqda. Shuningdek, talablar ro‘yxatida yo‘l haqini 10 somdan 15 somga oshirish to‘g‘risida ham punkt bor.

Haydovchilar yo‘lovchilar uchun ham jarima miqdorini oshirish talabini ilgari surishgan. Chunki, avariya holatlarining aksariyati ular tomonidan sodir etilmoqda, deb ta’kidlashmoqda marshrutkachilar.