Toshkentda baykerlar yangi motomavsumni ochdilar

Toshkent shahridagi NEXT savdo majmuasida motosezon ochilishiga bag‘ishlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida yakshanba, 1-aprel kuni motosezon ochilishiga bag‘ishlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Baykeri otkrili sezon blagotvoritelnim motoshou

Tadbirda O‘zbekistonning barcha shaharlaridan, shuningdek, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan kelgan 200 dan ortiq baykerlar ishtirok etdilar.

Otkritie novogo motosezona v Tashkente

Motomavsum ochilishi xayriya tadbir sifatida o‘tkazildi. Mehmon sifatida bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar bolalari taklif etildilar.

Deti iz maloobespechennix semey poluchili podarki

Tadbir tashkilotchilari ularga sovg‘alar ulashdilar.

Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva i Monika Dodarbekova

Shuningdek, motomavsumning ochilish marosimida Bo‘ka tumanidagi №15 sonli bolalar uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etdilar, ular orasida ""Ti super! Tansi" loyihasi ishtirokchilari — nastasiya Molokova, Durdona Irgasheva i Monika Dodarbekovalar bor edi.

Qizlar chiqishi mehmonlarning gulduros olqishiga sazovor bo‘ldi.

Blagotvoritelnoe motoshou proshlo v Tashkente

O‘tgan yakshanba O‘zbekistonda sovuq bo‘lganiga qaramay, Toshkentning ko‘plab aholisi tadbirni tomosha qilgani o‘z farzandlari bilan kelishdi.

Gruppa "Krilya Origami" vistupila na blagotvoritelnom motoshou

"Krilya Origami" guruhi o‘zlarining qaynoq dasturlari bilan tomoshabinlarga sovqotishga imkon qoldirishmadi.