TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Tojikistonning “Somon eyr” aviakompaniyasi Rosaviatsiya yuborgan telegrammaga asosan Rossiyaning 9ta shahriga parvozlarini to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikistonnashri.
Ushbu ta’qiq Dushanbedan Yekaterinburg, Irkutsk, Qozon, Krasnodar, Krasnoyarsk, Sankt-Peterburg, Sochi hamda Xo‘jand shahridan Qozon va Peterburg shaharlariga bo‘lgan parvozlarga taaluqlidir. Undan tashqari aprel boshida Xo‘jand – Moskva – Xo‘jand parvozlari ruxsatnomasi ham yakuniga yetadi.
Shu bilan bir vaqtda Moskva, Novosibirsk va Krasnodar shaharlariga parvozlar saqlanib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Tojikiston aviatsiya boshqaruv organlari orasida mojaro Tojikiston hukumati “Ural avialiniyalari” kompaniyasiga Perm va Chelyabinskdan Dushanbega parvozlar amalga oshirish uchun ruxsat bermaganidan so‘ng boshlangan edi.
Tojikiston Fuqaro aviatsiyasi Agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Nabizoda aytishiga qaraganda, Tojikiston aviakompaniyasi ushbu shaharlarga parvozlar amalga oshirmaydi, lekin Rossiya Transport vazirligi “Perm-Dushanbe” va “Chelyabinsk-Dushanbe” yo‘nalishlarida parvozlarga ruxsat berishni qat’iyan talab qilmoqda. Dushanbe fikriga ko‘ra bu – davlatlar orasidagi parvozlar paritetini (soni tengligini) buzadi.