TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston hududida 30-mart kuni soat 23:45da hududida yer silkinishi qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markazi Toshkent shahridan 465 kilometr uzoqlikda Afg‘oniston hududida bo‘lib, kuchi 5,2 ballni tashkil etgan.
"Zilzila kuchi Toshkent shahrida 2 ball, Toshkent viloyatida 2 ball, Samarqandda 2 ball, Sirdaryoda 2 ball, Farg‘onada 2 ball, Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, Qashqadaryoda 2 ball va Surxondaryoda 2-3 ballni tashkil etdi", — deb xabar beriladi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Eslatib o‘tamiz, 30-mart kuni tongda ham zilzila qayd etilgandi. Zilzila markazi Toshkentdan 360 kilometr janubda Tojikiston hududida bo‘lgan.