O‘zbek-qirg‘iz chegarasida qurollangan shaxslardan iborat ikki guruh qo‘lga olindi

Qo‘lga olinganlarda qurol olib yurish uchun hech qanday hujjat bo‘lmagan
Sputnik

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. O‘zbekiston bilan chegaradosh hududda Qirg‘iziston chegarachilari tomonidan qurollangan shaxslardan iborat ikkita guruh qo‘lga olindi, deb xabar berdi Qirg‘iziston chegara xizmati matbuot xizmati.

"Yigirma yettinchi mart kuni Ola-Buqa chegara otradi chegarachilari Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jalol-Obod viloyatining Besh-Tosh maskanida Qirg‘izistonning besh nafar fuqarosini qo‘lga oldi", — deyiladi matbuot xizmati tomonidan.

DXX Qirg‘iziston bilan chegarada 210 ming dollarlik tilla taqinchoqlarni aniqladi

Matbuot xizmatining bildirishicha, dastlab chegarachilar vintovka va patronlar bilan qurollangan ikki shaxsni to‘xtatgan. Ularda qurol olib yurish uchun hech qanday hujjat bo‘lmagan. Qo‘lga olinganlar bu yerga go‘yoki baliq oviga kelishganini aytishgan. Bir soatdan so‘ng xuddi mana shu hududda SARSILMAZ vintovkasi bilan qurollangan va yonida o‘nlab patronlar bo‘lgan uch kishidan iborat yana bir guruh qo‘lga olingan. Ular ov qilgani kelishganini aytishgan, lekin ularda na o‘lja va na qurol hujjatlari bo‘lgan.

"Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng qo‘lga olingan shaxslar va ularning qurol-yarog‘lari respublika DMXQ hududiy bo‘linmasi xodimlari ixtiyoriga topshirildi", — deb ma’lum qildi matbuot xizmati.