Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov O‘zbekistonga keldi

Sapar Isakov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
Sputnik

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Bugun Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi viloyatlari Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Mehmonlarni Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara majmuasida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov kutib oldi.

Qirg‘iziston bosh vaziri Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan ikki davlat chegaraoldi viloyatlari rahbarlari Kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Sapar Isakov O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda chegaraoldi viloyatlar hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashini tashkil etish to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolangan edi.