TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Rossiya sobiq Razvedka bosh boshqarmasi xodimi Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq ish tufayli Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborayotgan G‘arb mamlakatlari "surbetligi"ga albatta javob qaytaradi, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.
Ilgariroq Yevropa ittifoqining 16ta mamlakati, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Ukraina va qator mamlakatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish haqidagi qarorni qabul qilgan edi.
Xususan, AQSh Rossiyaning 48ta diplomatini va Rossiyaning BMT qoshidagi missiyaning 12 vakilini chiqarib yuborishini e’lon qildi.
Shuningdek, AQSh Rossiyaning Sietldagi Bosh konsulligini yopishi haqida xabar berdi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Rossiya diplomatlari chiqarib yuborilishiga aql bilan javob qaytarishini va Rossiyadagi AQSh Bosh konsulligini yopishi bilan javob qaytarishini ma’lum qilgan edi.