Afg‘oniston TIV rahbari: terrorizmga qarshi kurash strategiyasini qabul qilish kerak

Rabboniy ushbu dastur Markaziy Osiyo mamlakatlari va dunyo hamjamiyatining terroristik guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha yangi metodlarini mustahkamlash imkonini beradi, deya ta’kidladi
Sputnik

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy strategiyani qabul qilishlari lozim, dedi seshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha anjumanda Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy.

Sergey Lavrov Afg‘onistonda haqiqiy tinchlik bo‘lishi uchun nima qilish zarurligini aytdi
"Biz terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy dasturni qabul qilishni taklif etamiz. Bizning fikrimizcha, bu Afg‘oniston bo‘yicha tinchlikka erishishda muhim sharti hisoblanadi", — dedi Rabboniy anjumanda chiqishi vaqtida.

Rabboniy ushbu dastur Markaziy Osiyo mamlakatlari va dunyo hamjamiyatining terroristik guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha yangi metodlarini mustahkamlash imkonini beradi, deya ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha "Tinchlik jarayoni, xavsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida so‘zlagan nutqi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev endilikda dunyo hamjamiyati Afg‘onistonga uning hududidan tinchlik va barqarorlikka tahdid solmaydigan davlat sifatida qaray boshlashimiz kerak", deya ta’kidlagan edi.

O‘zbekiston rahbari barcha qo‘shni mamlakatlarning sa’y-harakatlari bir-birini takrorlamasligi, balki to‘ldirishi kerakligini aytdi.

"Biz bu muammoni hal etish bo‘yicha o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlar, yondashuv va tadbirlarni ishlab chiqishimiz zarur", — dedi prezident.