Brussel "Tolibon"ni tinch hayotga chaqirdi

"Urushni davom ettirayotganlarga biz shunday demoqchimiz: muzokaralar va yarashish yo‘lini tanlang, tinchlik muzokaralari boshlash uchun jasoratga ega bo‘ling. Va shundagina biz hamkorlar bilan birgalikda sizni bu dialogda qo‘llab-quvvatlaymiz", - qo‘shimcha qildi Mogerini
Sputnik

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqi tinchlikka intilayotgan toliblar uchun, ular Afg‘onistondagi muzokaralarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishlari uchun sanksiyalar ro‘yxati bo‘yicha istisno qilish mumkin, deb bayonot qildi YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini. 

O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” muzokaralari uchun sharoit yaratishga tayyor

"Biz (Afg‘oniston) prezidenti (Ashraf) G‘anining (toliblar bilan bo‘ladigan) bitimi taklifini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Biz aniq nima qila olamiz? Diplomatik tomondan biz sanksiyalar ro‘yxatiga tushadiganlarga yordam berishimiz — ularni ro‘yxatdan chiqarishimiz mumkin. Va biz quroldan voz kechgan odamlar bilan ularning oilalari yangitdan qayta birlashishlari uchun ular bilan ishlashga tayyormiz", — dedi Mogerini, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanda chiqishi vaqtida.

"Urushni davom ettirayotganlarga biz shunday demoqchimiz: muzokaralar va yarashish yo‘lini tanlang, tinchlik muzokaralari boshlash uchun jasoratga ega bo‘ling. Va shundagina biz hamkorlar bilan birgalikda sizni bu dialogda qo‘llab-quvvatlaymiz", — qo‘shimcha qildi Mogerini.

"Prezident G‘ani foydalanish kerak bo‘lgan imkoniyatlar haqida gapigandi. Endilikda "Tolibon" harakati qaror qabul qilib bu imkoniyatdan foydalangan holda tinchlikni o‘rnatishi kerak", — dedi Mogerini.