TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Kecha, 25-mart kuni soat 22:00 da Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan, 1986-yilda tug‘ilgan B.Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan "I Phone" mobil telefonini olish maqsadida qo‘shnisi, 1985-yilda tug‘ilgan E.Niyazovni yordamga chaqirgan.
Keyin B.Rahmatovning birga yashovchi otasi, 1956-yilda tug‘ilgan H.Rahmatov ularni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.
E.Niyazov, B.Rahmatov, H.Rahmatovlar O‘zR FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E.Niyazov va B.Rahmatovlar zaxarlanib voqea joyida halok bo‘lganlari aniqlandi. H.Rahmatov esa kasalxonaga yotqizilgan.
Ayni vaqtda tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 13-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida xojatxonasida Samsung Galaxi telefonini olib chiqaman deb, uch kishi halok bo‘lgan edi.
Halok bo‘lganlarning biri shifokor ekanligi jamoatchilik orasida katta shov-shuv va bahs-munozaralarni keltirib chiqargandi.