“Matiz” va “Kaptiva” to‘qnashuvida ikki kishi qurbon bo‘ldi

Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi halok bo‘ldi va 5 kishi jarohat oldi.
Sputnik

TOShKENT, 25 mar – Sputnik.Navoiy-Nurota avtomobil yo‘lining 29-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi qurbon bo‘ldi va 5 kishi jarohat oldi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

23 mart kuni soat 06:45larda, “Navoiy-Nurota” 4-R57 avtomobil yo‘lining 29-kilometrida “Kaptiva” rusumli  avtomashina yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib  “Matiz” avtomashinasi bilan to‘qnashdi.

IIV Navro‘z kunlarida xavfsizlik choralarini ta’minlash kuchaytirilganini bildirdi

To‘qnashuv oqibatida “Matiz” avtomashinasi xaydovchisi 1990 yilda tug‘ilgan S.Jabborov va uning yo‘lovchisi, A.Po‘latovlar jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Qolgan 4 nafar yo‘lovchilari, turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

“Kaptiva” avtomashinasi haydovchisi, Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Rovot” mahallasida yashovchi, 1959-yilda tug‘ilgan M.Ochilov xam turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni damda prokuratura organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.