"Uzbek Tigers" Kolumbiyada mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschilar 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi
Sputnik

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Bugun Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi Bogotada "Colombia Heroicos" jamoasiga qarshi jang o‘tkazdi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, o‘zbekistonlik bokschilar 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.

Uzbek Tigersning navbatdagi jangi 23-mart kuni bo‘ladi

Martinez Rivas Yuberjen — Mironshoh Ibragimov 2:0 (Yuberjen ikkinchi raunddan so‘ng texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi).

Martinez Jon — Shahobiddin Zoirov 0:3 (Zoirov uchinchi raunddan so‘ng raqibini nokautga uchratdi).

Gutiyerrez Jon — Iqboljon Xoldorov 0:3.

Vivas Jorj — Isroil Madrimov 2:1.

Xulio Devis — Sanjar Tursunov 3:0.

"Uzbek Tigers" navbatdagi jangni 7-aprel kuni O‘zbekistonda venesuelalik raqiblarga qarshi o‘tkazadi.