Afg‘oniston prezidenti dushanba kuni Toshkentga keladi

Toshkent anjumani ikki kun davom etadi, unda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, shuningdek, AQSh va Rossiya vakillari ishtirok etadilar
Sputnik

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani dushanba kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Ashraf G‘ani 400-yildan keyin odamlar o‘zi va Mirziyoyev haqida nimalar deyishini aytdi
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 2018-yil 26-mart kuni amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi", — deyiladi xabarda.

Ikki davlat rahbarlari 27-mart kuni "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuyida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi va so‘zga chiqadi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani muzokara o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, 12-mart sanasiga qadar o‘zlarining diplomatik kanallari orqali forumda ishtirok etishlarini Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya TIV rahbarlari, Yevropa Ittifoqining xorijiy masalalar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Afg‘onistondagi BMT maxsus vakili tasdiqlaganlar.