Grozin: O‘zbekiston Kavkazda savdo bo‘yicha hamkor izlamoqda

Ekspert Grozinning fikricha, Mirziyoyev Ozarbayjonga yangi savdo hamkorlarini topish va respublikadagi tovarlar uchun logistika marshrutlarini ochish uchun tashrif buyurmoqda
Sputnik

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. MDH davlatlariinstitutining O‘rta Osiyo mamlakatlari bo‘limi rahbari O‘zbekiston prezidentining Ozarbayjonga tashrifi birinchi navbatda — yangi savdo sheriklarini topish va transport hamda logistika bilan bog‘liq, deya ta’kidladi.

Faol Toshkent: Mirziyoyev nega Markaziy Osiyo bo‘ylab safar qilmoqda
"Birinchi galda, bu masala transport va logistika bilan bog‘liq", — dedi Grozin Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.

Ekspert shuningdek, O‘zbekiston rahbari o‘zining birinchi rasmiy safarini jahon poytaxtlariga emas, balki qo‘shni Turkmanistonga amalga oshirganini eslatib o‘tdi.

O‘shanda tashrif davomida muhim transport kelishuvlari, xususan, Kaspiy to‘g‘risida ham, imzolangan edi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq OAVlarda O‘zbekiston rahbari tez orada Ozarbayjon va Gruziyaga tashrif buyurishi haqida xabarlar tarqalgan edi.