TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda 20-mart kuni noxush voqea sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan yosh askar o‘quv-mashg‘ulot vaqtida halqasi chiqarib olingan jangovar granatani qo‘lidan tushirib yuboradi va nima qilishini bilmay qoladi.
"Zobit gangib qolgan askarni itarib yuborib va uni o‘z tanasi bilan himoya qiladi. Granata portlashi oqibatida zobit og‘ir yarador bo‘ladi."
Askarga hech narsa qilmaydi. Shifokorlar zobitning hayotini saqlab qolish uchun oxirigacha kurashishlariga qaramasdan uning hayotini saqlab qolishni iloji bo‘lmadi. Ko‘rsatgan qahramonligi uchun harbiy ofitser davlat mukofotiga tavsiya etildi.