Toshkentdagi Navro‘z sayili haqida chet el diplomatlari taassurotlari

Bu yil O‘zbekistonda Navro‘z ayyomi katta tantanalar bilan qarshi olindi. Birinchi marta O‘zbekiston prezidenti ikkita shaharda xalq bilan birga ayyomni nishonladi
Sputnik

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkentda bu yilgi Navro‘z tantanalari "O‘zekspomarkaz"da bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etdilar.

"Jahon" AA muxbirlari bilan suhbatda chet el diplomatlari "Navro‘z" ayyomi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar va barcha o‘zbekistonliklarga o‘z tabriklarini yo‘lladilar.

Anak Agung Gde Alit Santika, Indoneziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi:

— "Navro‘z"ni nishonlash bosh manba, qadimiy an’analarga "qaytish" ramzini bildiradi. Bu kunlarda odamlar o‘zlarining yangicha kuch va quvvatga to‘lganliklarini his etadilar. Ularning qalbi "yosharadi". Bu tinchlik va omonlik, ezgulik va uyg‘unlik tantana qilgan qilgan.

Assalom Navro‘z: Toshkent bahor bayramini qanday kutib oldi
 

Ochiq osmon ostida o‘tkazilayotgan xalq sayli ajoyib ob-havo hamohangligida haqiqiy bayram muhitiga sho‘ng‘ishga imkon berdi. Men hatto yangi — "sayil" so‘zini yodlab oldim, va endilikda bu so‘z menga hamisha odamlarning yorqin tabassumlari, ajoyib sumalak va palov tarovatini eslatib turadi.

Jakartada O‘zbekiston tomonidan Indoneziyaga 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilgani to‘g‘risidagi xabarni katta ishtiyoq bilan qabul qilishdi. Sizning mamlakatingizning dam olish va sayohat, ayniqsa ziyorat-turizmidagi ulkan salohiyatini hisobga olganda, bu juda muhim qaror bo‘ldi. Biz Indoneziyadan O‘zbekistonga shu yildanok turistik oqim sezilarli darajada o‘sishini kutmoqdamiz.

Guseyn Guliyev, Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi:

— O‘zbekiston — noyob odamlar yashaydigan ajoyib mamlakat. Respublikada faoliyat olib borgan yillar davomida men uni yaxshi ko‘rib qoldim. Bu yerda o‘zimni xuddi uyimdagidek his qilaman.

Bunaqasi bo‘lmagan: O‘zbekiston rahbari Sharqona Yangi yilni ikkita shaharda qarshi oldi

Navro‘zni nishonlash davrida hamma joyda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Hatto eng injiq xo‘randalarningda ta’biga yo‘l topa oladigan taomlar tayyorlanadi. Bugungi tadbir yuqori darajada o‘tkazildi. Biz uchun tashkillashtirilgan sayil o‘zbek tarixi va madaniyati, xalqning urf-odatlari va an’analarini yanada chuqurroq anglashimizga imkon berdi.

Gunter Overfeld, Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi

— Bu men uchun O‘zbekistondagi birinchi Navro‘zdir. Shu bois, ajoyib tadbir davomida tomosha qiladigan narsalarim ko‘p. Biz uchun  ahamiyatli sanani O‘zbekiston xalqi bilan birgalikda nishonlash sharafdir. Fursantdan foydalanib, mamlakat aholisiga baxt va o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga yetishishlarida muvaffaqiyat tilab qolaman.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. O‘zbekistonning ulkan salohiyatini hayotga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Germaniya xalqi va hukumati respublikani ushbu yo‘lda qo‘llab-quvvatlaydi.