TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar migratsiyasi masalalari agentligi Rossiyaning "Vinogradnaya loza" MChJ bilan mehnat migratsiyasiga oid bitim imzoladi, deb xabar qildi agentlik matbuot-xizmati.
Bitimni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimov va "Vinogradnaya loza" MChJning vakolatli vakili M. Qamariddinova imzoladilar", — deyiladi xabarda.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimovning ta’kidlashicha, Agentlik shu paytgacha tashkiliy ishga yollash sohasida Rossiyaning qator mintaqalari bilan hamkorlik qilardi. Bugun Voronej viloyati bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ma’lumki, "Vinogradnaya loza" MChJ kadrlar agentligi bo‘lib, rekruting xizmatlari ko‘rsatish sohasida ham faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, mazkur jamiyat "Vibor" qurilish kompaniyasi va O‘zbekistonning mintaqadagi savdo uyi hisoblangan "Agrosoyuz" kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
"Vinogradnaya loza" MChJ vakilasi M.Qamariddinova ma’lumotiga ko‘ra, ishchilarga turar-joy, sug‘urta polisi havola etiladi, patent rasmiylashtiriladi va tushlik taom bilan ta’minlanadi. Ish beruvchining patentga to‘lagan xarajatlari ishchining bir necha oylik maoshidan ushlab qolinadi. Ishchilarning ish haqi 30ming rubldan 50 ming rublgachadir.
Yaqin kunlar ichida Voronejda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istaydigan fuqarolarni tanlab olish jarayoni boshlanadi.