Putinni tabriklagan Tramp Makkeyndan tanqid eshitdi

Makkeynning so‘zlariga ko‘ra, Putinni tabriklab, Tramp bu bilan "o‘z mamlakati kelajagini belgilash uchun erkin va adolatli saylovlarda ovoz berish huquqidan mahrum etilgan har bir Rossiya fuqarosini haqoratlagan"
Sputnik

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Amerikalik senator Jon Makkeyn AQSh prezidenti Donald Trampni u Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni o‘tgan dam olish kunlarida o‘tkazilgan saylovlarda erishgan g‘alabasi bilan tabriklagani uchun tanqid qildi.

"Amerika prezidenti diktatorlarni soxta saylovlarda erishgan g‘alabasi bilan tabriklar ekan, ozod dunyo yetakchisi bo‘la olmaydi", — deb bayonot qilgan Makkeyn.

Putinga birinchi bo‘lib tabrik yo‘llagan yetakchilar

Makkeynning so‘zlariga ko‘ra, Putinni tabriklab, Tramp bu bilan "o‘z mamlakati kelajagini belgilash uchun erkin va adolatli saylovlarda ovoz berish huquqidan mahrum etilgan har bir Rossiya fuqarosini haqoratlagan".

O‘tgan yakshanba kuni o‘tkazilgan saylovlarda Rossiyaning amaldagi rahbari Vladimir Putin saylovchilarning 76,69% ovozini olishga muvaffaq bo‘ldi.

ShHT kuzatuvchilari saylovlar oshkoralik va shaffoflik tamoyili asosida tashkillashtirilganini tan olgan edi.

MDH davlatlari kuzatuvchilari missiyasi ham MSK ochiq va shaffof faoliyat olib borganini, saylovlarning o‘zi esa erkin, qonuniy va raqobatbardosh o‘tkazilgani haqida ta’kidladilar.

"Makkeynning qo‘shig‘i"

Amerikashunos, tarix fanlari nomzodi Areg Galstanning fikriga ko‘ra, Makkeyn Trampni u o‘zini amerika siyosiy doiralarida kutilganidek singari tutmagani uchun tanqid qilmoqda.

Tramp Putinni tabriklamoqchi emas
Ilgariroq Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi emasligini, ya’ni, prezident saylovlari natijasi ularga oldindan ayon va ma’lum bo‘lganligini, shu bois tabriklashga sabab yo‘qligini aytgan edi", — deya eslatdi ekspert.

Siyosatshunos, ertami-kechmi baribir hammaning tabriklashiga to‘g‘ri kelishini, chunki rasmiy maktublar — bu shakllanib bo‘lgan an’ana ekanligini qo‘shimcha qildi.

"Ammo Makkeyn va (senator Marko. — tahr.) Rubio Tramp sanksiyalarni imzolashiga qaramay, uni hamisha tanqid qilishadi, unga Rossiyaga nisbatan ancha yumshoqligini aytishadi. Tramp nimaiki qilmasin, ularning bu ashulasi jarang topaveradi", — dedi Galstan Sputnik radiosi efirida.

Ekspertga ko‘ra, o‘zaro nizolarni kuchaytirishga berilib ketgan siyosatshunoslarga tinchlik va farovonlikdan hech qanday manfaat yo‘q, chunki ular fitnalar va harbiy mojarolarni yuzaga keltirish orqali daromad qiladilar.

Galstanning fikricha, ikki davlat rahbari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti davomida tilga olingan mavzular Moskva va Vashington ishtirokisiz bitmaydigan xalqaro masalalarda ikkiyoqlama muloqot zarurligini namoyon etmoqda.

Prezidentlar muloqoti

Kuni kecha Rossiya va AQSh rahbarlari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi, suhbat davomida AQSh prezidenti o‘z hamkasbini prezident saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Muloqot Tramp tashabbusi bilan o‘tkazildi. Davlat rahbarlari jahon siyosatining eng dolzarb, xususan strategik farovonlik va terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, qurol ishlab chiqarish bo‘yicha poygani cheklashda ikkiyoqlama muvofiqlashtirilgan ishlarni olib borish lozimligini ta’kidladilar.

Putinning murojaati: dunyoni larzaga solgan ikki soat

Tramp va Putin Suriya va Ukrainadagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirish, shuningdek, Koreya yarim oroli atrofida ziddiyatning pasayganligini ijobiy baholadilar.

Bundan tashqari, tomonlar, AQSh Davlat departamenti rahbariyatida yaqinda yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ikkiyoqlama aloqalarni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Ushbu suhbatdan keyin Amerika yetakchisi Putin bilan juda samarali va yaxshi suhbat o‘tkazganini qayd etgan.

Bundan tashqari, Tramp yaqin orada Putin bilan uchrashishi mumkinligini aytgan. U qurol ishlab chiqarish bo‘yicha poyga bilan bog‘liq vaziyat nazoratdan chiqayotganini aytgan, va aynan shu masalani Putin bilan shaxsan muhokama qilishni rejalashtirmoqda.