TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Kuni kecha, 19-mart kuni kech payt Toshkent metropolitenining "Beruniy" bekatida yo‘lovchilardan biri o‘zini poyezd yo‘liga tashladi. UzNews.uz xabariga asosan.
"Voqea Toshkent shahridagi metropolitenning "Beruniy" bekatida sodir bo‘lgan. 30-35 yoshlardagi ayol bekatga kirib kelayotgan poyezd ostiga o‘zini tashlagan. Metropoliten xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ayol qutqarib qolingan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan," — deyilgan xabarda.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.