TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Toshkentda 26-31 mart kunlari Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun abituriyentlar tanlov sinovlaridan o‘tadi.
Tanlov Rossiya fan va madaniyat markazida hamda Lomonosov nomidagi MDU filialida bo‘lib o‘tadi.
"Bakalavriat va mutaxassislik dasturlari bo‘yicha o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan va arizasi qabul qilingan ("Zayavlenie prinyato") maqomiga ega bo‘lgan da’vogarlarga sinovlar boshlanishidan Russia.Study portali orqali sinovlarda ishtirok etish uchun taklifnoma jo‘natiladi", — deyiladi RFMM xabarida.
Avvalroq bu yil o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 203 budjet o‘rni ajratilgani xabar qilingandi.
Bundan tashqari, respublikada yaqin vaqt ichida Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiallari ochiladi.