Samarqand viloyatini obodonlashtirish jamg‘armasi tashkil etiladi - Prezident qarori

Jamg‘arma mablag‘lari Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mahalliy ichki yo‘llarni ta’mirlash va boshqa maqsadlarda ishlatiladi
Sputnik

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi viloyat matbuot-xizmati.

Tashkil etilgan jamg‘armaning shakllantirish manbalari sifatida Samarqand viloyati hokimligi muassisligida tashkil etilgan tijorat tashkilotlarining ajratmalari davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratilgan grantlar va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar ko‘rsatilgan.

Bugun Samarqand viloyatida “Jartepa” chegara punkti ochiladi

Jamg‘arma mablag‘lari shu jumladan: Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va mahalliy ichki yo‘llarni ta’mirlash;

ko‘p qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini ta’mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

kam ta’minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlang‘ich badalni qisman yoki to‘liq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga bo‘lgan birlamchi ehtiyojni qondirish maqsadlarida ishlatiladi.