TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Amerikaning Merilend shtatida maktabda otishma yuz berdi, deb xabar qildi mahalliy NBC telekanali ma’lumoti asosida RIA Novosti.
OAVlarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, "ko‘plab qurbonlar" bor.
"Salom, Twitter. Men hozir Greyt-Mills maktabidaman. Maktabdan chiqish bloklanganligi taxmini bor, kimdir, balki, o‘lgan ham. Iltimos, biz uchun duo qiling", — deb yozgan Twitter da o‘quv muassasasi o‘quvchi qizlaridan biri.
Sent-Meri okrugi sherifi Twitterda "hodisa" Greyt-Mills maktabida yuz berganini tasdiqlagan va ota-onalardan bolalarni mashg‘ulotlarga olib bormaslikni iltimos qilgan.
Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, maktabdagi otishma oqibatida kamida uch kishi shifoxonaga yetqazilgan.
"Uch kishi kasalxonaga olib kelinganini aniq ayta olamiz", — degan NBC telekanali boshlovchisi.