TOShKENT, 20 mar — Sputnik. "Lukoyl" O‘zbekistondagi birinchi avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyasini ochdi, benzin va dizel yonilg‘isi chakana savdosi bilan kompaniyaning sho‘’ba korxonasi — "Lukoyl Uznefteprodukt" MChJ shug‘ullanadi. Bu haqda "Lukoyl" matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, stansiyadagi barcha mahsulotlar Yevropaning yevro-5 standartiga javob beradi.
"Bu "Lukoyl"ning O‘zbekiston hamda butun Markaziy Osiyodagi birinchi AYoQShi hisoblanadi", — deydi kompaniyaning neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha vitse-prezidenti Oleg Pashayev.
Haydovchilar bu yerdagi shinam qahvaxonada qaynoq qahva ichib shirinliklar iste’mol qilishlari, yo‘lda kerak bo‘ladigan mahsulotlarni sotib olishlari mumkin. AYoQSh mijozlariga Wi-Fi tarmog‘i orqali bepul internet taqdim etiladi.