TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Sudyalar, sud jarayonlari xavfsizligi haqida Adliya vazirligining yangi 2981-sonli yo‘riqnomasi qabul qilindi, deb xabar qilmoqda vazirlik o‘zining telegram kanalida.
Yangi yo‘riqnomada, jumladan quyidagilar belgilangan:
- sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilari hamda yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi;
- o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar, basharti ular sud protsessida ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmasalar sud majlisi zaliga kiritilmaydi;
- sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kirib chiqadi;
- sud binosiga mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma’lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarni raislik qiluvchining ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi;
- sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qotar qurol beriladi;
- Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi;
Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qarori bilan 2018-yilning 15-mart kuni tasdiqlandi va 16-martdan boshlab kuchga kirdi. Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin