Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Diana Yenikeyeva bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi

Sputnik muxbiri Diana Yenikeyeva bilan bog‘liq hodisaga izoh berishni so‘rab, Samarqand viloyati hokimligiga murojaat qilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 19 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Diana Yenikeyeva bilan bog‘liq hodisa yuzasidan xolisona surishtiruv ishlari olib boriladi va xolisona huquqiy baho beriladi, deb va’da berilgan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev tomonidan Sputnik nashriga yo‘llangan rasmiy javobda.

Pismo ot imeni xokimiyata Samarkandskoy oblasti

"Samarqand hokimligi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan viloyatimizning Kattaqo‘rg‘on tumanida yuz bergan YTHda Diana Yenikeyevaning fojiali vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qilishimga ruxsat eting. Har bir inson hayoti biz uchun qadrli va yuz bergan hodisa yo‘llarda xavfsizlikni kuchaytirish lozimligidan dalolat beradi. Marhumaning oilasiga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatiladi", — deb boshlanadi maktub.

Diana Yenikeyeva: majburiy mehnat qurbonimi yoki vijdonli inson namunasi!?
Jo‘rayev, bundan tashqari, yuz bergan hodisa yuzasidan xolisona surishtiruv ishlari olib borilishi va xolisona huquqiy baho berilishini va’da qilgan.

"Baxtsiz hodisa yuzasidan ommaviy axborot vositalarida yuz bergan hodisa yuzasidan e’lon qilingan xabarlar va turli izohlar, qolaversa bu hodisani viloyatimizga Davlat rahbarining tashrifi bilan bog‘lash bu noxolislikdir va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shu munosabat bilan barcha mass medialarni ushbu hodisani bir tomonlama yoritishdan saqlanishni va xolis bo‘lishga chaqiramiz", deyiladi xatda.

"Viloyat hokimi rahbari sifatida, ishontirib aytamanki, ijtimoiy soha xodimlari mahalliy hokimiyat organlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish ishlariga jalb etilmagan va bundan keyin ham jalb qilinmaydi", — deyiladi rasmiy izohda.