TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev ishtixonlik dehqon Toshquvvat Rajabov xonadonida bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
"Yetmish yoshdan oshgan Toshquvvat otaning tomorqasini ko‘rgan odamning havasi keladi. Hamma joy saranjom-sarishta. Mevali daraxtlar, meva-sabzavotlar ekilgan. Mo‘’jazgina issiqxona tashkil etilgan", — deb ta’kidlangan xabarda.
Mana, masalan, Xitoyda 8 sotix yeri bor odam badavlat hisoblanadi. Bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Undan samarali foydalanilsa, xalqimiz bemalol boy yashasa bo‘ladi. Biz odamlarni ish bilan ta’minlash, oilalarga daromad manbai yaratish haqida o‘ylayapmiz. Tomorqa — tayyor ishchi joy, tayyor daromad", deya ta’kidladi O‘zbekiston rahbari.
Mirziyoyev tomorqachilik bo‘yicha Samarqand tajribasi qilish, aholiga ko‘chat va urug‘ tarqatish, o‘simliklarni kimoviy vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deyiladi xabarda.