TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maqbara hovlisida ushbu majmuani rekonstruksiya qilish, atrofini kengaytirish konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazildi. Loyihaga ko‘ra, maqbara atrofidagi ulkan hududda mehmonxonalar, uy-joylar, maktab, shohbekat, savdo va xizmat ko‘rsatish shohobchalari qurish, xiyobonlar tashkil etish rejalashtirilgan.
"Bu yerga kelgan odam o‘ziga ma’naviyat olib ketishi kerak. Chet elliklar xalqimizning ilmiga, madaniyatiga qoyil qolishi kerak. Shuning uchun yana o‘ylanglar, qurilishni rejali, bosqichma-bosqich amalga oshiringlar", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident loyihani takomillashtirish, majmuadagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston prezidenti berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga tashrifini boshladi.