Xorazmda 20 yoshli ona chaqalog‘ini paketga solib, uyiga yashirib qo‘yganligi aniqlandi

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, chaqaloq tirik holda tug‘ilganligi, unga yengil jarohat yetkazilganligi va o‘limiga yopiq muhitdan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan o‘lganligi aniqlangan
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. 2018-yil 17-fevral kuni Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan P.B. tug‘ishdan keyingi asoratlari bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Toshkentda chaqalog‘ini begonalarga berib o‘zi qochib ketgan ayol qidirilmoqda

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, u 15 fevral kuni uyida qiz bola chaqaloq tuqqanligi va chaqaloqni paketga solib, uyiga yashirib qo‘yganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, chaqaloq tirik holda tug‘ilganligi, unga yengil jarohat yetkazilganligi va o‘limiga yopiq muhitdan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan o‘lganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.