MAGATE mutaxassislari O‘zbekistondagi tadqiqot reaktori faoliyatini o‘rgandi

1959 yilda ishga tushirilgan WWR-SM tadqiqot reaktori 2016-yilda to‘xtatilgan va 2017-yilda hukumat qarori bilan faoliyati qayta tiklangan edi
Sputnik

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. MAGATEning Tadqiqot reaktorlari uchun operatsion va xizmat missiyasi (OMARR) O‘zbekistondagi yagona WWR-SM tadqiqot reaktori faoliyati bilan tanishdi. Hukumat so‘roviga binoan o‘tgan haftada o‘tkazilgan missiya tadqiqot reaktorida tezkor va texnik xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan edi, deyiladi tashkilot saytida.

O‘zbekiston va Rossiya atom energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

"Bu juda o‘z vaqtida amalga oshirilgan, foydali va muhim missiyadir. Missiya reaktorga dunyodagi yetakchi mutaxassislar nigohi bilan nazar tashlashga imkon berdi", — deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Bekzod Yo‘ldoshev.

Missiya mutaxassislari reaktorni takomillashtirish va maxsus operatsion muammolar bo‘yicha tavsiyalar berdi.

1959 yilda ishga tushirilgan WWR-SM tadqiqot reaktori 2016-yilda to‘xtatilgan va 2017-yilda hukumat qarori bilan faoliyati qayta tiklangan edi. O‘zbekiston Yadro fizikasi institutida joylashgan ushbu reaktordan asosan izotoplarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladi, shuningdek, yadro fizikasi, radiatsiya fizikasi, radiatsiyaviy materialshunoslik, aktivlarni tahlil qilish va minerallarning nurlanishi tadqiq etiladi.