O‘zbekiston Bosh prokuraturasi AQSh Maxfiy xizmati bilan memorandum imzoladi

Anglashuv memorandumi moliyaviy surishtiruvlar haqida ma’lumot almashish, valyuta jinoyatlari sohasida tajriba va texnik ishlanmalar almashinuvini, shuningdek, ishchi guruhlar uchrashuvi yoki tomonlarni qiziqtirgan boshqa yig‘ilishlar o‘tkazishni nazarda tutadi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. AQSh Maxfiy xizmati O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

AQSh Maxfiy xizmatining doimiy vakili Deniz Feydner va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Akmalxo‘ja Mavlonov 2018-yil 15-mart kuni Toshkentda ushbu hujjatni imzoladi.

Anglashuv memorandumi moliyaviy surishtiruvlar haqida ma’lumot almashish, valyuta jinoyatlari sohasida tajriba va texnik ishlanmalar almashinuvini, shuningdek, ishchi guruhlar uchrashuvi yoki tomonlarni qiziqtirgan boshqa yig‘ilishlar o‘tkazishni nazarda tutadi.

"Valyuta va moliyaviy jinoyatlar — murakkablik darajasi oshib borayotgan global tahdid. Bunday jinoyatlar uchun kuchli to‘siq transmilliy jinoiy tashkilotlar bilan kurashishning asosiy usuli sanaladi. Maxfiy xizmat va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bir-biriga yordam berishi juda muhim, shuning uchun biz O‘zbekistonda Bosh prokuratura bilan yaqindan hamkorlik qilishni istaymiz", — dedi Deniz Feydner.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi xavfsizlik bo‘yicha Mintaqaviy ofisi ham memorandumga erishish uchun yordam ko‘rsatdi.

Sodiq Safoyev O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining qaytishidan manfaatdorligini aytdi

"Ushbu memorandum AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi asosiy maqsadlaridan biri — AQShning xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligini transmilliy jinoiy tashkilotlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida kuchaytirishga yordam beradi", — deya aytib o‘tgan AQSh elchixonasining Mintaqaviy havfsizlik bo‘yicha ofisi vakili.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Maxfiy xizmati 150-yil oldin tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi AQSh valyutasini qalbakillashtirish holatlarini aniqlash va oldini olishga qaratilgan. Hozirgi paytda AQSh Prezidenti va AQSh hukumati yuqori lavozimli boshqa mansabdor shaxslarini himoya qilish bilan bir qatorda, AQSh valyutasini qalbakillashtirish, bank sohasidagi firibgarlik, pochta yordamida firibgarlik holatlari bilan bog‘liq jinoyatlari bo‘yicha tergov olib boradi.