Farg‘ona shahrida o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi

Huquq tartibot xodimlari ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsni qo‘lga olishdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Farg‘ona shahrida yashovchi 23 yoshli yigit o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Prodaja ukrasheniy. Arxivnoe foto
O‘zbekistonda o‘g‘irlik bilan shug‘ullangan kollej o‘quvchilari qo‘lga olindi

"Farg‘ona shahrida 14-mart kuni soat 22-10larda Yurtparvar ko‘chasi 94-uyda yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan M.Mirzadavlatov Motrudiy ko‘chasida joylashgan "Mirzadavlat" nomli oziq-ovqat savdo do‘koni yerto‘lasida o‘zaro janjal oqibatida 1968-yilda tug‘ilgan otasi Q.Ochildinovga pichoq urgan. Natijada Q.Ochildinov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan", — deyilgan IIV xabarida.

Huquq tartibot xodimlari tomonidan M.Mirzadavlatov qo‘lga olingan.