TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Vashington Moskvaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Tegishli hujjat mamlakat Moliya vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Sanksiyalar ro‘yxatidan Vashington tomonidan amerika saylovlariga aralashuvda ayblangan shaxs va kompaniyalar o‘rin egallagan. Shu jumladan, Yevgeniy Prigojin ham.
Hujjatga ko‘ra, hujjatda 14 nafar jismoniy shaxs va bir kompaniya kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ham AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirgan edi.
Oq Uy sanksiyalar kengaytirilishini "kiberhujumlarga javob" bilan izohlagan.