Markaziy Osiyo davlatlari suv muammosini siyosiy savdolashuvlarsiz hal etadi

Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Sputnik

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi suv masalalari siyosiy savdolashuv ashyosiga aylanmasligi lozim, dedi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Nazarboyev: Markaziy Osiyodagi muammolarni o‘zimiz hal qilamiz

Bugun Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Turkmaniston nomidan mamlakat majlisi raisi Akja Nurberdiyeva ishtirok etdi.

Nazarboyev jurnalistlarga bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari haqida gapirib berdi.

"Eng asosiy masala – bu suv muammosi. Bizning mamlakatlarimiz – 70 million kishi ikki daryo – Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yashaydi. Biz bu borada siyosiy savdolashuvlarga o‘rin bo‘lmasligi kerakligi haqida kelishib oldik. Biz gidroinshootlarni ham, suvdan foydalanish va elektr energiyasi masalalarini ham barcha davlatlar manfaatlaridan kelib chiqib hamkorlikda hal qilishimiz lozim", — dedi Nazarboyev.

Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qirg‘iziston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashganida "Qozog‘istonga ikki kun suv bermay qo‘ysa vaziyat (chegaradan o‘tkazish) darhol izga tushib ketishi"ni aytgandi.