O‘zbek palovi Quvaytdagi milliy taomlar festivalida g‘olib bo‘ldi

Festivalda 50dan ortiq da’vogar ishtirok etdi
Sputnik

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Quvaytda milliy taomlar festivali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi "Jahon" AA.

Hammasi o‘zbek palovidan boshlanadi yoki o‘zbeklarning bag‘rikengligi haqida

O‘zbekiston elchixonasi delegatsiyasi ushbu tadbirda o‘z milliy stendini namoyish etdi. Festival mehmonlari bu yerda respublikadagi ommabop turistik yo‘nalishlar, milliy liboslar bilan tanishishdi hamda o‘zbek milliy taomlaridan totib ko‘rishdi.

Festival yakunida hakamlar hay’ati va qatnashchilar e’tirofiga ko‘ra o‘zbek palovi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston elchixonasi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.