TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lgan tashrifi davomida gaz yetkazib berish haqida shartnoma imzolandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Tojikiston Savdo-sanoat palatasiga asosan.
“O‘zbekistondan Tojikistonga gaz yetkazib berish haqida gaz taqsimlash kompaniyalari tomonidan imzolangan shartnomaga ko‘ra Tojikiston 126 million metr kub gaz import qiladi”, — deyilgan Savdo-sanoat palatasi xabarida.
Gaz yetkazib berish haqidagi shartnoma "Tojiktransgaz" OAJ va "Uztransgaz" AJ rahbarlari tomonidan imzolangan.
Ushbu shartnoma ikki mamlakat mutaxassislari tomonidan bir necha oy davomida muhokama qilinganidan so‘ng Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega bo‘lgan tashrifi davomida imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gazning 1 ming metr kubini 120 dollardan yetkazib beradi.
Shuningdek, O‘zbekiston Tojikiston energetika tizimi bilan paralel ishlaydigan beshta elektr uzatish liniyasi faoliyatini qayta tiklaydi. Bugungi kunda quvvati 220 kV bo‘lgan to‘rtta va quvvati 500 kV bo‘lgan bitta liniya tayyorlangan. Ushbu elektr uzatish tarmoqlari O‘zbekiston va Tojikiston energetika tizimini bir-biriga ulaydi.