"Amerikancha orzu" fuqaroga 10 ming dollarga tushdi

Amerika Qo‘shma Shtatlariga ketish uchun buxorolik S.Ergashev o‘n ming dollar pulini o‘z qo‘llari bilan firibgarga topshirgan
Sputnik

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Samarqandlik ayol Amerikaga yuborish bahonasida buxorolik erkakning 10 ming dollar pulini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yubordi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

MXX Grin karta bilan bog‘liq yirik firibgarlikni fosh etdi
Xabarda aytilishicha firibgarlik holati haqida ariza Samarqand shahar IIBga 12-mart kuni kelib tushgan.

Hujjatga ko‘ra, 2016-yil iyul oyida samarqandlik, 1962-yilda tug‘ilgan M.Ro‘ziyeva o‘zi yashaydigan mahalla hududida Buxoro shahrida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan S.Ergashevga AQShga yuborish taklifini bildiradi.

Ayol bu ishni Rossiya Federatsiyasida joylashgan turizm firmasi orqali amalga oshirishini aytib, Ergashevning 10 ming AQSh dollarini oladi.

Mazkur holat yuzasidan M.Ro‘ziyeva qo‘lga olingan. Tergov davomida ayol pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma’lum bo‘lgan.