Hammasi "Novichok" tufayli: Britaniya Rossiya bilan munosabatlarni to‘xtatmoqda

London Moskva bilan barcha ikkiyoqlama munosabatlarni vaqtincha to‘xtatadi, oliy darajadagi amaldorlar va qirol oilasi a’zolari esa Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha chempionatga tashrif buyurmaydigan bo‘ldi
Sputnik

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya "Skripal ishi" tufayli Rossiyaning 23 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi, dedi Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey parlamentdagi chiqishi davomida.

Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum e’lon qildi
London Moskva bilan barcha ikkiyoqlama munosabatlarni vaqtincha to‘xtatadi, oliy darajadagi amaldorlar va qirol oilasi a’zolari esa Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha chempionatga tashrif buyurmaydigan bo‘ldi.

Buyuk Britaniya shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga yuborgan taklifnomasini chaqirib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Razvedka Bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi o‘tgan haftaning boshida Britaniyaning Sosberi shahrida zaharlanish gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.

Shu hafta dushanba kuni Tereza Mey ushbu hodisada Rossiyaning aloqadorligi "ehtimolga ancha yaqin"ligi haqida ma’lum qildi. Meyga ko‘ra, ota-bolaga Rossiyada ishlab chiqarilgan asabni falaj qiluvchi modda bilan hujum uyushtirishgan.

Moskva Londonning bu pozitsiyasini isbotsiz fitna deb atadi.

RBB sobiq polkovnigi Skripal 2006-yil Rossiyada josuslikda ayblanib 13-yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2010-yilda Rossiya va AQSh o‘rtasida o‘zaro razvedchiklar almashuvidan so‘ng Skripal Buyuk Britaniyadan boshpana topgan.