Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumanida Yevrokomissiya vitse-prezidenti qatnashadi

Mogerini konferensiya doirasida shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bilan uchrashishni rejalashtirgan
Sputnik

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Afg‘oniston bo‘yicha Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada qatnashadi.

"Tolibon" harakati Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkaziladigan tinchlik muzokaralariga qiziqish bildirdi

Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya 26-27 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

"Mogerini xonim ishtirok etishini tasdiqladi va u 26 mart kuni konferensiya ochilishida qatnashadi", — deb xabar berdi RIA Novostiga Toshkentda bo‘lib o‘tgan YeI va O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra stoli davomida YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian.

Maxsus vakil Mogerini konferensiya doirasida shuningdek, kelgusi hamkorlik imkoniyatlari va xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari bilan uchrashishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Avvalroq O‘zbekiston TIV matbuot xizmati Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun YeI tashqi siyosat xizmati rahbari, BMT bosh kotibi, Xitoy tashqi siyosat mahkamasi rahbari taklif etilganligini ma’lum qilgandi. AQShdan davlat kotibining birinchi o‘rinbosari qatnashadi. Rossiya delegatsiyasiga mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.