O‘zbekistonlik kuzatuvchilar Rossiyadagi prezident sayloviga taklif etildi

V informatsionnom sentre Sentralnoy izbiratelnoy komissii RF
O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasining deputatlari, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlarining o‘rinbosarlari kiradi
Sputnik

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya 2018-yil 18-mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Vibori prezidenta RF 2018
Rossiyada prezident saylovoldi kampaniyasi boshlandi

O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasining deputatlari, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlarining o‘rinbosarlari kiradi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov delegatsiyaning boshqa a’zolari bilan birga MDH va ShHT kuzatuvchilari missiyalari tarkibida saylovda ishtirok etadi.