Dushanbeda o‘zbek mahsulotlarining ko‘rgazmasi qanday o‘tmoqda

Dushanbeda o‘zbek mahsulotlarining ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 100 dan ortiq korxonalari o‘z mahsulotlarini taqdim etishgan.
Sputnik

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbeda o‘zbek mahsulotlarining ko‘rgazmasini ochishdi.

O‘zbekiston korxonalari ko‘rgazmada texnika, qurilish materiallari, elektrtexnika, kimyo va mineral o‘g‘itlar, farmatsevtika, oziq-ovqat, yengil sanoat va charm mahsulotlar, mebel hamda maishiy mahsulotlarini havola etishgan.

Ko‘rgazma Dushanbe shahridagi "Manej" sport majmuasida o‘tmoqda.