Tramp Tillersonni ishdan bo‘shatdi

Bu haqda Vashington post nashri xabar berdi
Sputnik

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Davlat kotibi Reks Tillersonni ishdan bo‘shatadi. Uning o‘rnini MRB direktori Mayk Pompeo egallaydi.

Donald Tramp aybdor: Reks Tillerson iste’fo berishi mumkin

AQSh rahbari Tillersonga minnatdorlik bildirgan va Pompeo o‘zining yangi lavozimida "fantastik ishlarni amalga oshirishiga" ishonch bildirgan.

Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi rahbari etib Jina Xaspel tayinlanishi aytilmoqda. Ayol bunga qadar Pompeo o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tillerson AQSh Davlat departamentiga o‘tgan yilning fevralidan rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Amerika OAVlari Tramp davlat kotibining ishidan hafsalasi pir bo‘lganligi haqida ko‘plab maroataba xabar berishgan. Shuningdek, Tillersonning bu ishni tark etishga tayyorligi haqida ham o‘z vaqtida xabarlar tarqalgan edi.

Davlat kotibligiga ehtimoliy nomzodlar orasida Pompeo hamda BMTdagi AQShning doimiy vakili Nikki Xeyli ismlari ko‘proq tilga olingan. Ammo AQSh Davlat departamenti, qolaversa, Tillersonning o‘zi prezident bilan kelishmasligini har safar inkor etib kelishgan.