Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Mart oyida qator rossiyaliklarga qarshi sanksiyalarni Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan ham uzaytirilgan edi
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Rossiya va Ukrainadan bo‘lgan 150 kishi va 38ta tashkilotga nisbatan yakka tartibdagi sanksiyalarni yana yarim yil muddatga, joriy yil 15-sentabrga qadar uzaytirdi. Bu haqda tashkilot kengashi axborotida aytilgan.

Ushbu choralar, Yevropa Ittifoqi fikriga ko‘ra, "Ukraina yaxlitligiga tahdid solayotgan" kishilarga nisbatan kiritilgan.

Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanksiya kiritayotgani sababini aytdi
Sanksiyalar aktivlarning muzlatib qo‘yilishi va YeI tashriflarni cheklashni nazarda tutadi.

Hujjatga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi holatni o‘rganib chiqib, sankitsaviy rejimni hali o‘zgartira olmasligi haqidagi xulosaga kelgan.

Ilgarirov Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini YeIning Rossiyaga nisbatan siyosati o‘zgarishi uchun Moskva Minsk kelishuvlarini to‘liq bajarib, "Qrimning noqonuniy anneksiyasini" to‘xtatishi kerakligi haqida bayonot qilgan edi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, ayrim yevropalik siyosatchilarning Qrimga tashrifi Yevropa Ittifoqining pozitsiyasini to‘liq ifoda etmaydi.

Mart oyida qator rossiyaliklarga qarshi sanksiyalarni Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan ham uzaytirilgan edi.

Moskva shu vaqtgacha bir necha marotaba Ukrainada mojaro bo‘lishi tarafdori emasligini rasman  ma’lum qilgan  bo‘lsada, Yevropa Ittifoqi va AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kiritishni lozim topdi. Moskva ham javob choralarini qo‘lladi.

Shu bilan birga G‘arbda so‘nggi vaqtlarda cheklov choralarini bekor qilish lozimligi haqida fikrlar yaqqol jarang topmoqda.