Erondagi aviahalokat: Turkiya yo‘lovchi samolyotining barcha qurbonlari jasadlari topildi

Eron Qizil yarimoy jamiyati ayni vaqtda mamlakat hududida halokatga uchragan samolyotning barcha qurbonlari tanalari aniqlangani haqida xabar berdi
Sputnik

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Kuni kecha, 11-mart kuni Turkiyaning yo‘lovchi samolyoti Eronning g‘arbiy qismida halokatga uchradi. Aviahalokat oqibatida 11 nafar fuqaro, shu jumladan, 3 nafar ekipaj a’zolari halok bo‘lganligi xabar berildi.

An-26 aviahalokati oqibatida Rossiya 27 nafar zobitidan ayrildi
RIA Novosti xabariga ko‘ra, layner Birlashgan Arab Amirliklarining Sharji shahridan Istanbulga reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Aviahalokat Chexarmexal va Baxtiyariya provinsiyasida yuz bergan. Yerga kelib urilgandan so‘ng havo kemasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokatning barcha qurbonlari jasadlari aniqlangan. Fojea — dvigatelda yong‘in kelib chiqqani tufayli yuz bergani aytilmoqda.

Shu paytgacha berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga ucharagan samolyot bortida turkiyalik taniqli tadbirkorlardan biri Başaran Holding rahbari Xuseyn Basharanning qizi va uning 7 nafar dugonasi bo‘lgan. Sozcu nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yashar Mina Basharan BAAda turmushga uzatilish oldidan dugonalari davrasida "qizlik davri bilan xayrlashuv" kechasini o‘tkazgan. Xabarda qayd etilishicha, Mina 2013-yildan Başaran Holding direktorlar kengashi tarkibiga kiritilgan va uni otasining o‘rnini egallash uchun tayyorlab borishgan.

Eron Qizil yarimoy jamiyati ayni vaqtda o‘z mamlakati hududida halokatga uchragan samolyotning barcha qurbonlari tanalari aniqlangani haqida xabar berdi.

Jamiyat barcha 11 nafar qurbonning tanasi mamlakat sud organlariga yuborilganini qo‘shimcha qilgan.