O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishida ishtirok etishi mumkin

O‘zbekiston Tojikistonda gidrotexnik inshootlar qurilishida, xalqaro norma va standartlarga to‘liq amal qilgan holda, ishtirok etishi mumkinligini bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishida ishtirok etishi mumkin. Bu haqida ikki mamlakat prezidentlari imzolagan qo‘shma bayonotda xabar qilingan, Hukumat portali xabariga asosan.

O‘zbekiston-Tojikiston do‘stligi Rog‘un GESini qurilishini bitkazishga yordam beradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega bo‘lgan rasmiy safari chog‘ida suv-energetika resurslaridan barcha davlatlari manfaatlarini hisobga olgan holda foydalanish — Markaziy Osiyo farovonligining asosiy omillaridan biri ekanligini ta’kidlashdi.

Ushbu maqsad yo‘lida suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish va ushbu sohasida mintaqaviy sheriklikni rivojlantirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekanligi ma’lum qilindi.

Ushbu munosabat bilan, O‘zbekiston tomoni Tojikiston Respublikasida gidrotexnik inshootlar, shu jumladan, Rog‘un gidroelektr stansiyasining qurilishida, umum’tirof etilgan xalqaro normalar va mazkur obyektlarni qurish bo‘yicha standartlarga rioya qilinishini hisobga olgan holda, ishtirok etish imkoniyatini har tomonlama ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari, mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda, konstruktiv muloqot o‘rnatishga ko‘maklashadigan – Markaziy Osiyo transchegaraviy suv resurslaridan kompleks tarzda va samarali foydalanish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini ta’kidladilar.

Ushbu mazmundagi suhbat Toshkentda 5-8 iyunda bo‘lib o‘tadiga Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi hamda Dushanbeda 20-22 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan 2018-2028 yillarda «Suv barqaror rivojlanish uchun» xalqaro harakatlar o‘n yilligi bo‘yicha oliy darajadagi xalqaro konferensiyalarda davom etadi.