Prezident qarori bilan maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari tayinlandi

Maqsudjon Yo‘ldoshev boshqa ishga o‘tgan Gulchehra Yo‘ldosheva o‘rniga ushbu lavozimga tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Maqsudjon Abdullayevich Yo‘ldoshev maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Maktabgacha ta’lim vazirligiga rahbar tayinlandi

Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, u boshqa ishga o‘tgan Gulchehra Yo‘ldosheva o‘rniga ushbu lavozimga tayinlandi.

Maqsudjon Yo‘ldoshev Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan, mehnat faoliyatini 2000-yilda boshlagan. U dastlab metodist, so‘ngra "Ustoz" respublika jamg‘armasida hisobchi bo‘lib ishlagan.

Keyinchalik u "Iste’dod" jamg‘armasi, Xalq ta’limi vazirligining nazorat-tahlil boshqarmasida faoliyat ko‘rsatgan.

2010 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

2012-2016 yillarda Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti rektori,

2016-2017 yillarda Xalq ta’limi vazirligining ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2017-yildan O‘zbekiston prezidenti devonining bosh maslahatchisi sifatida ishlagan.