Sahrodagi Luvr yoki moskvalik rejissor Orol dengizi tubida nimani eshitdi

Vladimir Mayakovskiy nomidagi teatr rejissori Nikita Kobelev Nukus-Xiva-Buxoro-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab safar qildi va sayohat taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Sputnik, Aleksey Stefanov.
Sputnik

Nikita Kobelev Nukus shahri va uning "sahrodagi Luvri" — Saviskiy nomidagi san’at muzeyi haqida o‘tgan yilning aprelida bilgandi. O‘shanda Moskvadagi Mayakovskiy nomidagi teatr rejissori va uning hamkasbi litvalik dramaturg Marus Ivashkavichus shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Moskvadagi "Nukus xazinasi" ko‘rgazmasida bo‘lishgandi.

Kobelev va Ivashkavichus shunda Nukus shahriga sayohat qilishni, u yerdan O‘zbekistondagi turistik shaharlarga borishni niyat qilishgandi.

San’at ortidan O‘zbekistonga

"O‘zbekistonda o‘n kun bo‘ldik. Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukusga borish uchun — u poytaxt Toshkentdan 1200 km uzoqda joylashgan — ikki marta samolyot almashishga to‘g‘ri keldi. Shaharning o‘zi hech narsasi bilan ajralib turmaydi, lekin muzey — mo‘’jiza. Uni bir kishi — san’atshunos Igor Saviskiy tashkil etgan. O‘tgan asrning 60-70-yillarida u butun sobiq Ittifoq bo‘ylab o‘sha paytda hech kimga qiziq bo‘lmagan avangardchilar va post-avangardchilar mo‘yqalamiga mansub asarlarni to‘plagan. 60-yillarda uchta xonadan iborat bo‘lgan muzey uchta haybatli binoga aylangan va bugungi kunda bu yerda 90 mingga yaqin kartina saqlanadi", — deydi Nikita Kobelev.

"O‘rta Osiyo Tretyakovi" - Saviskiy kolleksiyasi Moskvada

Kobelev va Ivashkavichus Nukusdan quriyotgan Orol dengiziga otlanishdi.

"Cheksiz sahrodagi zanglagan kemalarni ko‘rib ko‘zlaringizga ishongingiz kelmaydi. Qurigan dengiz tubida ovozlarni eshitish imkoniyati hayratga soldi. Bizdan yarim kilometr naridagi mayoqda odamlar gaplashib turishardi va biz ularning har bir so‘zini aniq eshitdik. Bu g‘aroyib holatni izohlash qiyin. So‘ngra bir paytlar baliq-konserva zavodi joylashgan shaharda bo‘ldik, hozirda uning to‘rt ming nafar aholisi qanday tirikchilik qilayotgani tushunarsiz", — deydi rejissor.

Korabl na dne visoxshego Aralskogo morya v Karakalpakstane

"Sahrodagi zanglagan kemalar — sovet hukumati boshqaruvining oqibati degan his uyg‘onadi. Kemalar bor, dengiz esa yo‘qolib ketgan", — deydi Kobelev.

Sahroda ham go‘zallikka guvoh bo‘lish mumkin

So‘ngra rejissor va dramaturg Xiva-Buxoro-Samarqand-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqishdi.

"Menga ko‘proq Buxoro yoqdi. Biz nafaqat turistlarga xizmat ko‘rsatiladigan, balki oddiy odamlar yashaydigan qadimiy shaharga kelib qoldik. Lekin globalizatsiya hammaga ta’siri o‘tkazgan. Xiva — butunlay turistik shahar. Samarqand — ancha zamonaviy va Rossiyadagi shaharlardan unchalik ajralib turmaydi. Lekin moviy gumbazlar va Registonning o‘ziga xos me’morchiligi hayratga soladi", — deydi rejissor.

Kobelev Ivashkavichus bilan O‘zbekiston bo‘ylab mashinada sayohat qilishdi. Hattoki shunday uzoq yo‘l ham sayohatchilarga rohat bag‘ishlagan.

"Xivadan Buxorogacha sakkiz soat yo‘l yurasiz — bu olti yuz kilometr. Lekin yo‘l yurishingizga arziydi. Ovqatlangani kafega kirasan, atrofing faqat sahrodan iborat va boshqa hech narsa yo‘q — go‘zallik!".

Dostoprimechatelnosti drevney Xivi

Moskvalik mehmonlarning sayohati Toshkentda nihoyasiga yetdi. Ular sovet davrida tashkil etilgan mustaqil va mashhur "Ilhom" teatrida bo‘lishdi.

"Biz hamkasblarimiz bilan avvalroq gaplashib qo‘ygandik, bizni juda iliq kutib olishdi. U yerda "It yurak" spektaklini tomosha qildik", — hikoya qiladi Kobelev.

Toshkent sayohatchilarda unchalik katta taassurot qoldirmadi — rejissorning aytishicha, bu yerda qadimiy inshootlar deyarli yo‘q ekan.

Sharq bo‘yicha mutaxassislar

Rejissor va dramaturg ushbu sayohatdan yana bir maqsadni ko‘zlashgandi — haqiqiy o‘zbek taomlaridan bahramand bo‘lish. Kobelev va Ivashkavichus haqiqiy palov, manti, lag‘monni totib ko‘rishdi. Ammo rejissorning aytishicha, "o‘zbek taomlari ular uchun og‘irlik qilar ekan".

Stalik Xankishiyev o‘zbeklarning kuchli tomonlari va milliy taomlar kelajagi haqida

Moskvaga qaytgach, Kobelev va Ivashkavichus Nukusda ijod namunalari bo‘lgan rassomlarning boshqa kartinalarini tomosha qilish uchun Sharq muzeyiga kirishdi.

"Ikkimizning suhbatimizga bir ayol diqqat bilan quloq solib turgan ekan. Nihoyat u chiday olmay so‘radi: "Bularning barini qayerdan bilasizlar?" O‘zbekistondan qaytganimizdan so‘ng biz Sharq san’ati bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ketibmiz", — kuladi Nikita Kobelev.

Qayd etish joiz, Moskvadagi Sharq muzeyida ko‘plab kartinalar kolleksiyasi, Markaziy Osiyo xalqlarining milliy kiyim va bezaklari saqlanadi.