Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi

Bezorilar katta leytenant Mirzaqulovning qonuniy talablariga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazganlar
Sputnik

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi, bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabarida aytilgan.

O‘zbek militsionerining bo‘yi 5 santimetrga qisqartirilib, yoshi 5-yilga uzaytirildi
"Toshkent shahrining Sergeli tumanida 5-mart kuni soat kech soat 23.15larda Sputnik dahasida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan I.Kazlinka va 1976-yilda tug‘ilgan S.Sheyklar Yo‘ldosh 2-daha xududida joylashgan "Kim-chi" kafesi oldida shu xududda xizmat olib borayotgan Sergeli tuman IIB profilaktika inspektori, katta leytenant X.Mirzaqulovning qonuniy talablariga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazganlar", — deyiladi xabarda.

Natijada katta leytenant X.Mirzaqulovga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Kazlinka va Sheyklar qo‘lga olingan.